» » Baxtiyor Ashurmatov: Standart vaziyatdan urilgan gol Paxtakor galabasini taminladi

Baxtiyor Ashurmatov: Standart vaziyatdan urilgan gol Paxtakor galabasini taminladi


Qoqon-1912 klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov Coca-Cola Superliga 10-turi doirasida Paxtakorga qarshi kechgan oyindan (1:3) keyin oz fikrlari bildirib otdi.

Hozirgi holatimizdan kelib chiqsak yomon oyin korsatmadik deb oylayman. Paxtakor tarkibida tajribali va mahoratli futbolchilar jamlangan. Bu uchrashuvda muhim rolni oynadi. Raqib mahorat va vaziyatlardan foydalanish hisobiga galaba qozondi. Maglubiyatga uchraganimizga qaramasdan yigitlar oxirigacha kurashdi. Jangovar futbol namoyish qildi. Afsuski, biz vaziyatlardan unumli foydalana olmadik.

Omad yetishmayapti. Lekin, jamoa faqat uchinchi goldan keyin hujumga otishni boshladi degan fikrga qoshilmagan bolardim. Birinchi bolib Paxtakor darvozasi oldida vaziyat yaratdik, Sardor Azimovda imkoniyat boldi, Shohnazar Norbekov vaziyat yaratdi. Birinchi gol bolguniga qadar Paxtakor darvozamiz oldida birorta vaziyat yaratgani yoq. Standart vaziyatdan urilgan gol raqib galabasini taminladi. Yana bir narsaga etibor berishlaringni sorardim, garchi biz Paxtakor bilan oynagan bolsakda ikkita hujumchi bilan bahsni boshladik. Bu juda kam uchraydigan holat hisoblanadi. Har bir murabbiyni oz uslubi bor. Ammo, kop jamoalar Paxtakorga qarshi bitta hujumchi bilan oynaydi. Paxtakor bilan oyinda chuqur himoyaga yotib olsak baribir ertami kechmi gol otkazib yuborardik.

Gapni ochigi, maglubiyatga uchragandan keyin Murod Xolmuhammedov yoki Quvondiq Roziyev yoq edi deb bahona qilish notogri boladi. Ular yetakchi futbolchilarimiz hisoblanadi. Lokomotiv bilan uchrashuvgacha emas, undan keyingi turlargacha qaytadi degan umiddaman. Muzaffar Muzaffarov Qizilqum bilan ortoqlik uchrashuvida oyogidan yana jarohat oldi, u ham yaqin orada bizga yordam bera olmaydi.

Baxtiyor Ashurmatov, Qoqon-1912 bosh murabbiyi

Qoqon-1912 10-turga kelib 16 ochko toplagan holda 7-orinda bormoqda. Jamoa 11-turni Lokomotivga qarshi otkazadi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (19-08-2020, 08:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -