» » Ubaydulla Omon umuman telefon ishlatmasligi sababini malum qildi (video)

Ubaydulla Omon umuman telefon ishlatmasligi sababini malum qildi (video)


Ozbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon Daryo internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni Daryo muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Ubaydulla Omon Buxoro shahrida yashab ijod qiladi. Aktyor umuman telefon ishlatmaydi, ularning bu odatini ozbek kinosining barcha vakillari yaxshi bilishadi.

Ubaydulla Omon suhbat davomida umuman telefon ishlatmasligi sababi haqida gapirib berdi.

Men yigirma yoshdaman, institutdan tatilga uyga kelganman. Otam, onam, oilamizdagilarning hammasi hayot, hali biror marta mozorga tobut kotarib chiqmagan bir davrim edi. Yaqin dostim Odil Salomov meni aeroportda kuzatib qoydi. Odil bilan yaxshi xayrlashib, Toshketga qaytdim. Toshkentga kelganimdan keyin telefon jarang-jarang qilib qoldi. Uyga kirib telefonni olishim bilan singlim aka, Odil oldi, dedi. Endi mening ahvolimni tasavvur qilavering. Hozirgina men bilan xarlashgan Odil olibdi. Tilim ishlamay, terlab ketib, stressga tushib qoldim. Hamma narsani yigishtirib yana Buxoroga ketdim.

Osha vaqtlarda Buxoroga bilet olishning imkoni yoq, na samolyot, na poyezd, na avtobusga bilet olishning imkonini topib bolmaydi. Nima uchun davlat osha yillarda xalqni shuncha qiynagan tushuna olmayman. Samolyot ham, avtobus va poyezdlar ham davlatning oz qolida edi-ku, xalqni nega buncha azoblashganiga haligacha tushunmayman, men bu azoblarni aytib, tasvirlay olmayman.

Odil dostimning janozasiga bir amallab borib, Toshkentga qaytib kelganimdan song, biror haftalardan keyin yana osha telefon jiringladi. Bu qongiroqdan yuragimda qorquv paydo boldi. Bu safar onam telefon qilib, bolam jiyaning pnevmoniyadan oldi, kelib ket, seni kutyapmiz, dedilar. Yana osha azob bilan borib, janozani otkazib qaytdim.

Oradan ikki oycha vaqt otdi. Teatrda Murod Rajabov bilan otiribmiz. Bir payt telefon jiringladi, Murodga qarab, Murod qarab tur, Buxorodan kimdir telefon qilyapti va yana kimdirning joni uzilgan, dedim. Murod ha qoysangchi, nafasingni shamol uchirsin, dedi. Hozir korasan dedim. Aytganimdek moylovli qoravulimiz, Ubaydulla, Buxoro dedi. Yuragim oynab, qorqib telefonni olsam, dadam, bolam, qaynotangni berib qoydik, kelinga hech nima dema, kasal ekanlar degin, sizlarni kutyapmiz, dedilar. Oshanda rahmatli Olmas Umarbekovga iltimos qilib bilet oldirgan edim. Janozaga yetib bordik.

Ana oshandan buyon telefonni qongirogini eshitsam qorqaman. Miyamda shu bilan bogliq qorquv saqlanib qolgan. Hozir sizning telefoningiz jiringlab qolsa ham bir sakrab olaman-u, Feruz bir yomon xabar aytadi deb qorqib otiraman. Alloh asrasin. Agar kuniga yuz marta telefon jiringlasa, yuragim ham yuz marta oynab ketadi.

Ubaydulla Omon, Ozbekiston xalq artisti

Malumot uchun, Ubaydulla Omon Faryod, Vasiyat, Tovba, Omad, Kulba, Sarvinoz, Fotima va Zuhra, Sotqin kabi koplab filmlarda bosh rollarni ijro etgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (19-08-2020, 08:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
:
-
:
20 ... -