» » O‘zbekistonda odam savdosidan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar sir saqlanishi belgilandi

O‘zbekistonda odam savdosidan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar sir saqlanishi belgilandi


Endi O‘zbekistonda odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi. Bu haqda 17-avgust, dushanba kuni Prezident imzolagan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonunda belgilandi.

Qonunga ko‘ra, odam savdosidan jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish hamda ularni himoya qilish, shuningdek, ularning odam savdosiga qayta jalb etilishi xavfining oldini olish maqsadida identifikatsiya qilinadi.

Shuningdek, qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi belgilanib, ular, jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Shu bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot, shuningdek, ko‘rilgan xavfsizlik choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilmasligi belgilandi.

Mazkur qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют