» » O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab hojatxonasiz AYoQShlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi mumkin

O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab hojatxonasiz AYoQShlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi mumkin


O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab hojatxonalar bilan ta’minlanmagan AYoQShlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish, shuningdek, ularning litsenziyalari muddati ham to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-martdan boshlab jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (AGQS) va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari (AYoQSh)ning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 10-iyulda 433-son qarorni qabul qilgan. Unda 2020-yilning 1-sentabridan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYoQShlarning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

AGTKS, AGQS va AYoQSh hududlari sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmasa, shuningdek, Respublika va Hududiy ishchi guruh a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar 2020-yilning 1-sentabriga qadar bartaraf etilmasa, u holda:

Hukumatning 793-son qarorida qayd etilishicha, respublikadagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish xizmatini ko‘rsatuvchi 4000 dan ortiq stansiyalarning atigi 20 foizi hojatxonalar bilan ta’minlangan. Bu esa fuqarolar, shu jumladan, turistlarning ko‘plab murojaatlari va shikoyatlariga sabab bo‘lmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют