» » Yangiyo‘ldagi markaziy shifoxona yuqumli kasalliklar bo‘limining nochor ahvoldaligi yuzasidan raddiya e’lon qilindi

Yangiyo‘ldagi markaziy shifoxona yuqumli kasalliklar bo‘limining nochor ahvoldaligi yuzasidan raddiya e’lon qilindi


Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati “Yangiyo‘l tumani Tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo‘limining holati nochor ahvolda va dori-darmonlar berilmayapti” degan mazmunda tibbiyot xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqqa video yuklangan video yuzasidan raddiya e’lon qildi.

“Aslida yuqumli kasalliklar bo‘limi hozirgi kunda ma’nan eskirgan, ya’ni 1975-yilda qurilgan binoda faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu masala 2018-yilda Prezident tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan, yuqumli kasalliklar bo‘limi binosi yaroqsizligi tufayli Yangiyo‘l shahar Toshkent shohko‘chasi 56-uy manzilidagi 4 qavatli zamonaviy binoni kapital rekonstruksiya qilib, ko‘chirib o‘tkazish rejalashtirilgandi.

Ushbu binoda ta’mirlash va montaj ishlari 98 foizga yakunlangan, atrofi obodonlashtirilgan. Har bir bemor uchun kislorod trubkalari montaj qilingan. Liftlar o‘rnatilgan. Fasad va tom yopish ishlari tugallangan.

“Ozoda MRT” MChJ tomonidan binoning ventilyatsiya tizimini o‘rnatish va ishga tushirish (puskonaladka) ishlari olib borilmoqda.

“Dori-darmon yo‘q, berilmayapti” degan jumlalarga kelsak, yuqumli kasalliklar bo‘limi xodimlari hamda bemorlar uchun ichki dorixona bo‘limidan 2020-yil 27-iyuldan bugungi kunga qadar 40 turdagi 30,6 million so‘mlik dori-darmon va bir martalik tibbiy anjomlar berilgan.

COVID-19 kasalligiga qarshi kurash uchun Yangiyo‘l tumanida 3 oylik dori-darmon zaxirasi yaratilgan. Bo‘lim tomonidan 2020-yil 13-avgustdan buyon dori vositalari yoki tibbiy anjomlar talab qilib, murojaat etilmaganligini bildiramiz”, – deya Yangiyo‘l tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i J. Asatullayev so‘zlarini keltirgan hokimlik.

Internetda tarqalgan videoda Yangiyo‘l shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi ahvol og‘ir ekani, yo‘laklar, hojatxonalar abgorligi, bemorlarning aksar qismi pnevmoniya bilan kasallangani, dori-darmon, tibbiyot vositalari yetishmasligi, suv ta’minotida muammolar borlgi, mutaxassislar yetishmasligi, tibbiyot personaliga 6 foizlik ustamalar va oylik maoshlar vaqtida to‘lanmayotgani ta’kidlangan.

Avval Sog‘liqni saqlash vazirligi internetda Toshkent shahar 3-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlarining muassasa faoliyatini qayta tiklash va tegishli to‘lovlarni to‘lab berish bilan bog‘liq videomurojaatida qayd etilgan vaziyat o‘rganilganini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют