» » Britaniyalik mototsiklchi oyoqlarini oldinga uzatib, orqa g‘ildirakda harakatlanish bo‘yicha rekord o‘rnatdi (video)

Britaniyalik mototsiklchi oyoqlarini oldinga uzatib, orqa g‘ildirakda harakatlanish bo‘yicha rekord o‘rnatdi (video)


Stunter Jonny taxallusi ostida tanilgan britaniyalik 28 yoshli kaskadyor va stant-rayder Jonni Devis mototsikl orqa g‘ildiragida harakatlanish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Tryukning o‘ziga xosligi — haydovchi mototsiklning o‘rindig‘iga emas, balki yoqilg‘i bakiga o‘tirib, oyoqlarini rulning oldiga o‘tqazib haydagan, deb xabar beradi Motor.

Rekord Shimoliy Yorkshir grafligidagi Elvington sobiq aerodromida o‘tkazilgan Motorcycle Wheelie World Championship tadbiri doirasida o‘rnatilgan. Devis foydalangan usul stant-rayding olamiga tegishli — maxsus tayyorlanib, modifikatsiyaga uchragan mototsikllarda tryuk bajarish. Uni bajarishda rayder yoqilg‘i bakiga o‘tirib, oyog‘ini rul ustiga osiltirib oladi. O‘z navbatida og‘irlik g‘ildiraklarga taqsimlangani sabab bu boshqaruvga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Devis soatiga 175,7 kilometr tezlik bilan kamida 200 metr masofani bosib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Rayder ushbu xavfli tryukni Suzuki GSX-R1000 R3 sportbaykida amalga oshirgan.

Bundan oldingi rekord 2008-yilda Enda Rayt tomonidan o‘rnatilgan (173 km/soat), biroq Devisning natijasi hozircha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilmagan. Rayder o‘z natijasini yanada yaxshilashiga ishonmoqda — mashg‘ulotlarda u xuddi shu tryukni soatiga 196 kilometr tezlikda bajarishga erishgan.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniyada mototsiklchi boshida turib soatiga 122 kilometr tezlikda haydadi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют