» » Dilyaver Vaniyev: Tashabbusga ega bo‘la turib g‘alaba qozona olmaslik juda alamli

Dilyaver Vaniyev: Tashabbusga ega bo‘la turib g‘alaba qozona olmaslik juda alamli


Coca-Cola Superliga 10-turi doirasida kechgan “Mash’al” — “Andijon” uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab “Andijon” katta murabbiyi Diyor Mirzaboyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

Balki uchrashuvda “Mash’al” ko‘proq hujum qilgandir, lekin biz ham qarab turmadik va oxirigacha kurashdik. Birinchi bo‘lib gol urgan jamoa yutib ketadigan o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoada yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi. Maydonda ikkita teng kuchli jamoa o‘zaro bahs olib bordi deb o‘ylayman.

Bu o‘yinga qo‘yilgan taktika qanotdan hujum qilish edi. Shu bois Jamshid Hasanov bilan Doniyor Abdumannopovni qanotlarga qo‘ydik. Ular tezlik evaziga yordam berishi kerak edi. Lekin jamoamiz markazdan ham o‘ynashni biladi. Har bir o‘yin uchun alohida taktika ishlab chiqamiz.

Diyor Mirzaboyev, “Andijon” katta murabbiyi

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Mash’al” katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev qatnashdi.

O‘yin haqida gapirishdan oldin bizga stadion bergan “Paxtakor” va markazlashgan chempionatning keyingi o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan boshqa stadionlar rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. PFL xavfsizlik yuzasidan o‘yinlarni shu yerda o‘tkazishni lozim topdi. Bu qarorni hurmat qilamiz. Endi o‘yinga keladigan bo‘lsam, uch ochko qo‘lga kirita olmaganimiz juda alam qildi. Tashabbus biz tomonda bo‘la turib yuta olmaslik alamli. Men Viktor Kumikovning (“Andijon” bosh murabbiyi — izoh “Daryo”) o‘yin uslubini yaxshi bilaman va shunga monand hozirlik ko‘rgandik. “Andijon” asosan standart vaziyatlardan foydalanishga qaror qildi, biz esa uchta qulay imkoniyatni yo‘qqa chiqardik. Kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz.

Nafaqat o‘yin oxirida, balki uchrashuvning boshqa qismlarida ham hujumlardagi oxirgi pas yetishmasligi ko‘zga tashlandi. Yaqinda ijaradagi ikki futbolchimiz qaytdi. Men ularga vaqt kamlik qildi demoqchi emasman. Faqat vaziyatdan foydalanish futbolchining o‘zida bo‘lishi kerak. Katta yigitlarga golni qanday urishni o‘rgatmaysiz-ku. Hech qaysi murabbiy buni o‘rgata olmaydi. Nima qilib bo‘lsa ham bu muammoni yechishimiz kerak. Vaziyatlar borligidan xursandman, lekin gol bo‘lmadi, shundan xafaman.

Dilyaver Vaniyev, “Mash’al” katta murabbiyi

“Andijon” ortda qolgan o‘nta turda oltita durang va to‘rt mag‘lubiyat bilan 12-o‘rinda bormoqda. Jamoa 11-turda OKMKga qarshi bahs olib boradi. “Mash’al” esa 10-turdan keyin 10 ochko to‘plagan holda 10-o‘rinda ketmoqda. Muborakliklar keyingi turda “Navbahor” bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют