» » G‘uzordagi kollejda kambag‘al va ishsiz fuqarolar uchun o‘quv kursi tashkil etildi. Birinchi mashg‘ulotni tuman hokimi o‘tdi

G‘uzordagi kollejda kambag‘al va ishsiz fuqarolar uchun o‘quv kursi tashkil etildi. Birinchi mashg‘ulotni tuman hokimi o‘tdi


Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi kollejda kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi o‘quv kursi tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mashg‘ulotni tuman hokimi Bekzod Suyunovning o‘zi o‘tgan. Bu haqda “Daryo”ga hokimlik axborot xizmati rahbari Xudoyberdi Yo‘ldoshev xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tumandagi kambag‘al va ishsiz fuqarolarni o‘qitish amaliyoti Prezidentning “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularni mehnat faoliyatini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.

“Mamlakatimizda ehtiyojmand oilalarga subsidiya asosida bepul issiqxonalar qurib berish, shuningdek, ‘Har bir oila tadbirkor’ dasturi doirasida imtiyozli kredit asosida issiqxonalar barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Biroq joylarda o‘tkazilgan monitoring natijasi ayrim xonadon egalari issiqxonadan foydalanish tartibi va mavsumga qarab qaysi ekinni qachon ekishni bilmasligi sabab issiqxonalar faoliyatida samaradorlik sezilmayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu boisdan ham tuman hokimi tashabbusi bilan tumandagi Qishloq xo‘jaligi kollejida maxsus auditoriyalar tashkil etilib, kasb-hunarga o‘qitish kursi ochildi”, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari Xudoyberdi Yo‘ldoshev.

Xudoyberdi Yo‘ldoshevning ma’lumot berishicha, hokim ishtirokidagi birinchi mashg‘ulot 2020-yil 17-avgust kuni bo‘lib o‘tgan bo‘lib, mashg‘ulotda ikkita guruhda jamlangan 40 nafar fuqaro ishtirok etgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, kambag‘al va ishsiz fuqarolarga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlarida issiqxonalardan foydalanish tartibi va ularning agrotexnikasi haqida bilim beriladi. Va o‘quv mashug‘otda qatnashgan fuqarolarga muayyan miqdorda pul mablag‘lari ham to‘lab beriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют