» » Video: Avtomobil “pokrishka”sining ichidan portlashi

Video: Avtomobil “pokrishka”sining ichidan portlashi


YouTube’dagi Warped Perception kanali blogerlari uzoq vaqt joyidan jilmay aylangan “pokrishka” portlashini uning ichidan ko‘rsatib berdi. Buning uchun Mercedes-Benz W211 g‘ildiraklariga GoPro kamerasi o‘rnatilib, holat real vaqt rejimida uzatib turilgan.

G‘ildirakning ichki qismini yoritish uchun fonardan foydalanishga to‘g‘ri kelgan. Barchasi tayyor bo‘lgach, blogerlar “pokrishka”ni “yoqishga” kirishgan va gaz tepkisini oxiriga qadar bosgan. Videodan ko‘rish mumkinki, tutunga to‘lgan “pokrishka” oxir-oqibat qizib ketishi oqibatida birdaniga bir necha joyidan yorilib ketgan.

Bernaut holati sabab g‘ildirak ostida uzun qora iz va parchalangan rezina bo‘laklari qolgan. Kamera tajribadan omon chiqmagan: u portlash vaqtini suratga olishga ulgurgan, biroq o‘zi ham qismlarga bo‘linib ketgan.

Avvalroq ushbu kanal mualliflari to‘g‘ri va o‘nqir-cho‘nqir yo‘lda harakatlanayotgan Mercedes-Benz E55 AMG g‘ildiragi ichida nimalar sodir bo‘lishini ko‘rsatib bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют