» » “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududida agrologistika markazi tashkil etiladi

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududida agrologistika markazi tashkil etiladi


“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tomonidan “Jizzaxulgurjisavdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida agrologistika markazi tashkil etilmoqda. O‘zA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur markaz loyihasi bilan tanishdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Yangilikka intilish iqtisodiyotimiz taraqqiyotining muhim omilidir

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan ushbu korxona qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, quritish, qadoqlash, saqlash, issiqxona tashkil etish hamda eksportga yo‘naltirish bilan shug‘ullanadi.

“Korxona gaz, suv, elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlangan. Hududda temir yo‘l tarmog‘i xizmat ko‘rsatmoqda”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Agrologistika markaziga qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlash uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskunalarni Italiyadan keltirish ko‘zda tutilmoqda.

Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan 2 ming tonnalik sovutgich, shuncha sig‘imga ega dukkakli mahsulotlarni saqlash omborxonasi, 3 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlari, 4 gektarda issiqxona tashkil etiladi. Ishchilar soni 150 nafarga yetkaziladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют