» » Koronavirusdan kasallanganlar soni butun dunyoda 22 million kishidan oshdi

Koronavirusdan kasallanganlar soni butun dunyoda 22 million kishidan oshdi


Butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 22 million kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib kelayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Iyul oyining oxiridan buyon COVID-19 bilan kasallanganlar soni 5 million kishiga ortgan — 30-iyul kuni ularning soni 17 million kishini tashkil etgandi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga, 10-avgustda 20 millionga yetgan, 15-avgust kuni esa 21 milliondan oshgandi.

Koronavirusga chalinish holatlarining chorak qismi AQSh hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 5,47 million. Uning ortidan Braziliya (3,4 million) va Hindiston (2,7 million) o‘rin olgan. Rossiya esa 932,4 ming bemor bilan to‘rtinchi pog‘onada ketmoqda.

Mazkur ko‘rsatkich eng yuqori bo‘lgan davlatlar o‘ntaligidan quyidagi mamlakatlar o‘rin olgan:

Hozirga qadar butun dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida 779,4 ming kishi vafot etgan. Bu borada ham AQSh yetakchilik qilmoqda — 171,7 ming. Uning ortidan Braziliya (109,8 ming) va Meksika (57,7 ming) o‘rin olgan.

Mavzuga doir: “Jamoaviy immunitet koronavirusni yenga olmaydi”. COVID-19 koronavirus infeksiyasini to‘xtatish yo‘li aytildi

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hukumatlarni pandemiya sababli karantin choralarini boshqa joriy etmaslikka chaqirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют