» » Tokioda shaffof jamoat hojatxonalari paydo bo‘ldi

Tokioda shaffof jamoat hojatxonalari paydo bo‘ldi


Yaponiya poytaxti Tokioda nursiz oynadan yasalgan shaffof jamoat hojatxonalari paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Hojatxonalar shahar parklari va ko‘chalarda o‘rnatilgan. Loyiha muallifi Prisker mukofoti laureati, arxitektor Shigeru Banu.

Joyning maxfiyligi shundaki, odam unga kirishi bilanoq xona shaffof oynadan nursiz tusga kiradi va tashqaridagilarga ko‘rinmaydi.

Banu oynaga maxsus plyonka qo‘yishni o‘ylagan. Xonada hech kim yo‘q bo‘lganda plyonka elektr energiyasi bilan ta’minlanadi va u yorug‘lik uzatadi. Faqat xona ichkaridan yopilishi bilanoq elektr o‘chadi va devorlar xira bo‘lib qoladi.

Barcha hojatxonalar uch qismga bo‘lingan: erkaklar, ayollar va alohida ehtiyoji bor kishilar uchun. Xonada unitaz, rakovina va kichkina stol mavjud.

“Jamoat hojatxonalarida ikkita muammo bor, ayniqsa, parklarda. Birinchidan, ichi toza va band emasligini bilish mumkin. Ikkinchidan, hojatxonada jinoyatchi bor yoki yo‘qligi ko‘rinadi”, – deya ta’kidladi ixtiro muallifi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют