» » Yunusoboddagi 10 ta ko‘p qavatli uyda 20-avgust kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Yunusoboddagi 10 ta ko‘p qavatli uyda 20-avgust kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 15-mavzeda 20-avgust, payshanba kuni gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20-avgust kuni Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan Free Transport MChJ obyektida past bosimli yerosti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan, Yunusobod tumani 15-mavzesidagi 10 ta ko‘p qavatli uyning 320 ta xonadoni soat 09:00 dan soat 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi.

“Hududgaz Poytaxt” korxonasi yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

Avvalroq Yunusoboddagi Ahmad Donish hamda Yangishahar ko‘chalari kesishmasidagi chorraha 94 metrgacha kengaytirilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют