» » Abdulaziz Komilov Kuvayt tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Kuvayt tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi


27-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan Kuvayt tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Sulaymon as-Saidni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda davlatlararo muloqotni konstruktiv va o‘zaro manfaatli asoslarda yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirishga tomonlarda qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.

O‘zbekistonga Kuvayt bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Saboh al-Xolid as-Sabohning bo‘lajak tashrifi, hamkorlik bo‘yicha qo‘shma qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi va boshqa ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish muddatlari va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu kunning o‘zida Toshkent shahrida O‘zbekiston–Kuvayt vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda Kuvayt elchisi Ahmad Xolid al-Jiyron ishtirok etdi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют