» » H&M uzoq masofadan quchoqlash imkonini beruvchi kurtkalar ishlab chiqardi

H&M uzoq masofadan quchoqlash imkonini beruvchi kurtkalar ishlab chiqardi


Germaniyaning H&M, H&M Lab kompaniyalari Boltware startapi bilan hamkorlikda yaqinlaridan uzoqda bo‘lishga majbur bo‘layotganlar uchun jinsi kurtkalar taqdim qildi. Buro 24/7’ning yozishicha, mazkur loyiha Wearable Love — kiyiladigan sevgi deb atalgan.

Ta’kidlanishicha, taqdim qilingan mazkur modelning yelka qismiga? Bluetooth dasturi orqali faollashtirish mumkin bo‘lgan maxsus datchiklar o‘rnatilgan. Kurtkani kiygan inson datchikka tegsa, sensor ishga tushib, quchoqlangandek hisni tuyishi mumkin bo‘ladi.

Dasturga yaqinlar ismi ro‘yxatini kiritish va aynan kim quchoqlayotganini bilish uchun individual shablon tashkil qilish mumkin.

Har bir kurtkaning alohida kodi mavjud bo‘lib, uni yaqin insonlar bilan bo‘lishish mumkin. Shundan keyin u inson maxsus dastur va Bluetooth yordamida sensorni faollashtira oladi.

Kurtkaga o‘rnatilgan datchiklar simsiz zaryadkada quvvatlanadigan akkumlyatorda ishlaydi. Batareya, taxminan, ikki haftaga yetadi, deyiladi xabarda. Kurtkaning sotuvga chiqish sanasi hali ma’lum emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют