» » Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochiladi

Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochiladi


“O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan hamda Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilgan.

Muvofiqlashtiruvchi kengash, jumladan, chora-tadbirlar dasturining bajarilishini tahlil qiladi hamda undagi tadbirlar va loyihalarning ijrosida amaliy yordam ko‘rsatadi.

Qarorga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Turkiya hukumatining texnik ko‘magi kengaytiriladi va yetakchi turk ekspertlari jalb qilinadi:

2020-yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiyaning bosh konsulxonasi ochiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning konsullik muassasalari fuqarolar yashash uchun mablag‘siz qolganida va odam savdosidan jabrlanganda yordam ko‘rsatadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют