» » Shavkat Mirziyoyevning Jizzaxga tashrifi, Toshkentdagi garajlar muammosi, Ravshan “videotakror bo‘yicha referi” Ermatov va kunning boshqa muhim xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Jizzaxga tashrifi, Toshkentdagi garajlar muammosi, Ravshan “videotakror bo‘yicha referi” Ermatov va kunning boshqa muhim xabarlari


27-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshini qo‘ydi. O‘zbekiston Prezidenti Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

2. Islom Karimov haykali: tanlov g‘olibi aniq, haykal qayerga o‘rnatilishi hozircha noma’lum. Tanlovda Toshkent markazidagi Amir Temur haykalini yasagan haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib chiqqan.

3. Toshkent shahridagi buzilayotgan garajlar: muammoga qanday yechim bor? “Chiqarilgan qandaydir buyruqni pesh qilib, ‘buz-buz’ga berilib, muammoni yanada chuqurlashtirish yaramaydi”.

4. Samarqandning Mirzo Ulug‘bek bog‘idagi achinarli manzara: axlatxona va qassobxonaga aylanib, daraxtsiz qolgan bog‘. “Odamlarning sog‘lig‘i uchun shunchalik jon kuydirayotgan daraxt kesuvchilarning xatti-harakatlari qanchalik o‘rinli?”.

5. Ravshan Ermatov Konfederatsiyalar kubogiga bosh hakam emas, videotakror bo‘yicha assistent bo‘lib boradi. Ermatov to‘rt yil avval Braziliyada bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalar kubogiga asosiy hakam sifatida borgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют