» » Rustam Kalonov Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi

Rustam Kalonov Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi


Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rustam Kalonov shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rustam Kalonov 2017-yildan 2020-yilgacha “Nuroniy” jamg‘armasining Toshkent shahar kengashi raisi, 2020-yildan Toshkent shahar hokimligi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.

Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi Prezidentning 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil yanvar oyida Rustam Kalonov xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi etib tayinlangandi. Shuningdek, Rustam Kalonov Senatning Toshkent shahridan saylangan a’zosi ham hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют