» » O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi kurashga jalb qilingan shifoxonalar va karantin markazlarida kunlik ovqat xarajatlari qat’iy belgilandi

O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi kurashga jalb qilingan shifoxonalar va karantin markazlarida kunlik ovqat xarajatlari qat’iy belgilandi


O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga jalb qilingan shifoxonalar hamda karantin markazlarida kunlik ovqatlanish uchun ajratiladigan xarajatlar miqdori qat’iy belgilandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga ko‘ra, to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish davolanishning muhim qismi hisoblanishini hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tavsiyalarini inobatga olib, shuningdek, bemorlar va karantinga olingan shaxslarni ovqatlantirishda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining 2020-yilning 17-avgustidagi tegishli yig‘ilish bayoniga muvofiq kunlik ovqatlantirish xarajatlari me’yorlashtirishtirildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash tadbirlariga jalb qilingan barcha muassasalar va karantin markazlarida budjet va Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan autsorsing xizmati orqali kunlik ovqatlantirish xarajatlari 2020-yilning 20-avgustidan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 35 ming so‘mgacha hamda boshqa hududlarda 30 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorda belgilandi.

Ushbu belgilangan narxlardan oshmagan yoki kamroq narxlarda ovqatlantirish tashkillashtirilgan holatlarda o‘sha belgilangan miqdorlarda autsorsing xizmati orqali kunlik ovqat yetkazib beruvchi xo‘jalik subyektlari bilan tuzilgan shartnomaga asosan faoliyatni davom ettirish tavsiya etiladi.

“Yuqorida qayd etilgan me’yorlarga muvofiq, autsorsing xizmati orqali yetkazib beruvchi xo‘jalik subyektlari bilan tuzilgan shartnomaga asosan kunlik ovqatlantirish me’yori va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va sog‘liq uchun foydaliligi talab darajasida bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim”, — deyiladi xabarda.

Budjetdan tashqari va boshqa mablag‘lar hisobidan ovqatlantirish tashkil etilganda kunlik ovqatlantirish xarajatlari miqdorlari erkin narxlarda belgilanishi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan kunlik ovqatlantirish me’yorlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Avvalroq Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “O‘rtasaroy” karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslar majmuadagi vaziyatdan noroziligini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют