» » Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat rejimi joriy qilindi (foto)

Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat rejimi joriy qilindi (foto)


AQShning Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Olov 39 ta uchastkada tarqalgan, ular orasidagi eng kattasining maydoni 14 ming gektarni tashkil qilmoqda. Yong‘inlarning yuzaga kelishiga anomal issiq va chaqmoqlar sabab bo‘lgan. “RBK” o‘rmon yong‘inlari aks etgan fotoreportajni taqdim etdi.

Maydoni taxminan 13 ming gektarni tashkil qilgan eng yirik yong‘in Napa shahrida avj olmoqda. Berriess suv ombori yaqinidagi bir nechta uy yonib ketgan.

Kaliforniyadagi “O‘lim vodiysi” milliy bog‘ida 17-avgust kuni kuzatuvlar davomidagi eng yuqori harorat — 54,4 daraja issiq qayd etilgan.

Cho‘ldagi bunday yuqori harorat olovli tornadolarni hosil qiladi, ular esa yong‘inlarni keltirib chiqaradi.

Bir qancha hududlarda, masalan, Balls-Kanyon yoki Alamida shahrida majburiy evakuatsiya e’lon qilingan.

Hozircha yong‘inni o‘rab olishga muvaffaq bo‘linmagan. Yonib ketgan uylarning soni noma’lum, jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil sentabridan 2020-yil mart oyigacha Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan va ularning oqibatida 34 nafar odam halok bo‘lgan. Mazkur yong‘in mavsumi Avstraliya tarixida hali kuzatilmagan eng yomon davrlardan biri bo‘lgan. Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlarida nobud bo‘lgan va talafot ko‘rgan jonivorlar uch milliard atrofida ekani ma’lum bo‘ldi. Avstraliya hukumati o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etish uchun 1,4 milliard dollar ajratishga qaror qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют