» » Qirg‘iziston bosh vaziri fuqarolarni to‘y va sayillarni kamaytirishga chaqirdi

Qirg‘iziston bosh vaziri fuqarolarni to‘y va sayillarni kamaytirishga chaqirdi


Qirg‘izistondagi barcha to‘y va ommaviy sayillarni to‘xtatish taklif etildi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Qubatbek Bo‘ronov maxsus brifingda ma’lum qilgan.

Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ommaviy tadbirlar koronavirus infeksiyasining qayta tarqalishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

“Avgust oyidan Yangi yilgacha bo‘lgan oraliqda to‘ylar o‘tkazilishi odat tusiga kirgan. Men ham boshqa qirg‘izistonliklar kabi shu kunlarga rejalar qilgandim, bu bizning tarixiy an’anamizga aylanib qolgan. Ammo ayni vaqtda dori-darmon yetishmovchiligidan qiynalmoqdamiz va shuning uchun to‘ylar qilishni vaqtincha to‘xtatishni so‘rayman. Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, Bishkek va O‘sh shaharlarining ma’muriyatlari doimiy ravishda reydlar o‘tkazmoqda. OAVda tekshiruvlar o‘tkazilayotgani, ziyofatlarni o‘tkazganlarga jarimalar belgilangani haqida xabarlar berilmoqda. Hukumat bu borada kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda va sizdan mazkur vaziyatni to‘g‘ri tushunishingizni so‘rayman”, — degan Qubatbek Bo‘ronov.

Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasining rahbari ayni vaqtda mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarayotgani, biroq cheklovlarga amal qilinmasa, holat yana og‘irlashishi mumkinligi yuzasidan xavotirlar mavjud ekanini qo‘shimcha qilgan.

Qirg‘izistonda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan buyon 2020-yil 19-avgust holatiga ko‘ra, jami 42 325 ta kasallanish holati qayd etilgan, 35 197 kishi kasallikdan tuzalgan va 1054 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют