» » O‘zbekistonda “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilmaydi

O‘zbekistonda “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilmaydi


O‘zbekistonda joriy yilda “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda, aksiyaning rasmiy saytidagi axborotga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

“Qadrdon o‘zbekistonliklar! ‘O‘lmas polk’ yurishi jahonda yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyat tufayli joriy yilda amalga oshirilmaydi. Biz bu rasmiylarimizning to‘g‘ri qarori deb hisoblaymiz, negaki bizga ikkinchi Piter kerak emas”, — deyiladi e’londa.

O‘zbekistondagi “O‘lmas polk” aksiyasi tashkilotchilari tadbirni yodgorlikni ziyorat qilish shaklida o‘tkazadigan bo‘ldi. Aksiya koordinatori Amir Mollaxning so‘zlariga qaraganda, tashkilotchilar ushbu qarorni to‘g‘ri deb hisoblaydi. Shu munosabat bilan ishtirokchilar “Birodarlik qabri” bog‘idagi ma’sum ona yodgorligi poyiga gul qo‘yish bilan cheklanadi. Keyinroq Toshkentdagi majlis zallaridan birida ular faxriylarni tabriklab, bayramona konsertga tashrif buyuradi.

“O‘lmas polk” aksiyasi 2012-yili xalq tashabbusi sifatida Tomskda boshlangan edi. Keyinchalik u butun Rossiyada hamda qator boshqa davlatlarda o‘tkazila boshlandi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют