» » Farg‘onada 33 yoshli homilador ayol o‘limiga sababchi bo‘lgan shifokorga sud hukmi o‘qildi

Farg‘onada 33 yoshli homilador ayol o‘limiga sababchi bo‘lgan shifokorga sud hukmi o‘qildi


Farg‘ona viloyatida homilador ayolning o‘limiga sababchi bo‘lgan 61 yoshli shifokorga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudi raisi Bekzod Haydarov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 17-mart kuni soat 00:01 da homilador ayol N.Sh. o‘z sog‘lig‘idan shikoyat qilib Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limiga murojaat qilgan. Shu kuni navbatchilikda turgan akusher-ginekolog R.K. o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarab, xizmat vazifasini lozim darajada bajarmagan. U bemorning ahvolini baholash, tashxis qo‘yish, tug‘ruqxonaga yotqizish, bachadon va homila holatini nazorat qilish, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va bemor hayotini saqlab qolishga qaratilgan zarur choralarni ko‘rmasdan, o‘z kasbiga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bo‘lgan. Natijada 33 yoshli bemor N.Sh. 17-mart kuni tug‘ruq jarayonida vafot etgan, uning homilasi esa ona qornida nobud bo‘lgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sud jazo turi va miqdorini tayinlashda ayblanuvchining ayolligini, pensiya yoshiga yetganini, ikki nafar farzandi borligini, jabrlangan tomonga moddiy va ma’naviy zarar qoplab berilganini yengillashtiruvchi holat sifatida baholagan.

Sud hukmi bilan shifokor ikki yil tug‘ruq kompleksi (patologiya, ginekologiya, tug‘ruqdan keyingi bo‘lim)da shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilinib, ikki yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют