» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” Krasnodarda eng punktual aviakompaniya deb topildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Krasnodarda eng punktual aviakompaniya deb topildi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Krasnodar” aeroportiga reyslarni amalga oshirayotgan aviakompaniyalar orasida o‘z vaqtida manzilga yetib kelish bo‘yicha birinchi deb topildi. Bu haqda “UzNews.uz” xabar bermoqda.

Krasnodar, Sochi, Gelenjik va Anapadagi aeroportlarni tasarruf qiluvchi “Bazel Aero” kompaniyasi 2016–2017-yilgi mavsum kuz-qish mavsumining eng punktual va shiddat bilan rivojlanayotgan aviakompaniyalarini mukofotladi.

26-aprel kuni tantanali mukofotlash marosimida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Eng punktual xalqaro aviakompaniya” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Mukofotni “‘Krasnodar’ xalqaro aeroporti” boshqaruvchi direktori A.S. Krutsov va “Bazel Aero” kompaniyasini boshqaruvchi tijorat departamenti direktori A.O. Xalvashi topshirdi.

Vaqtida yetib kelish va servis sifati reytinglari “Bazel Aero” aeroportlarida 2015-yildan buyon tuziladi. O‘zbekiston aviakompaniyasi uchinchi marta ushbu kompaniya tomonidan mukofotlanmoqda. 2015–2016-yil kuz-qish mavsumi yakunlariga ko‘ra u “Yo‘lovchi tashishdagi innovatsiyalar” nominatsiyasida mukofotlangan edi, o‘tgan yilning yoz mavsumi yakunlariga ko‘ra Sochi va Krasnodar aeroportlarida “Xalqaro aviayo‘nalishlardagi eng punktual aviakompaniya” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” 2004-yildan Krasnodarga, 2007-yildan Sochiga reyslarni amalga oshiradi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют