» » NASA Alyaska uzra bir vaqtning o‘zida kuzatilgan ikkita yorqin hodisani suratga oldi

NASA Alyaska uzra bir vaqtning o‘zida kuzatilgan ikkita yorqin hodisani suratga oldi


16-mart kuni Yer uzra tong otishidan oldin bir vaqtning o‘zida ikkita fenomen kuzatildi — shimol yog‘dusi hamda osmon nurlanishi. Bu haqda NASA 19-avgust kuni o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, noodatiy hodisani Xalqaro kosmik stansiya astronavtlarni janubiy Alyaska bo‘ylab amalga oshirilgan parvoz vaqtida suratga olgan.

Suratdan ko‘rish mumkinki, yashil-qizil rangli shimol yog‘dusining oqimi qizil-sarg‘ish ranglar bilan kesishib, osmonni yorituvchi lentani hosil qilgan. Chiqayotgan Quyosh esa gorizont chegarasiga to‘q ko‘k rangni qo‘shmoqda.

Bundan tashqari, suratning pastki qismida Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi va Alberta provinsiyasi shaharlaridagi chiroqlarni ham payqash mumkin.

“Qutb yog‘dusi va havoning nurlanishi turli fizik jarayonlar sabab yuzaga keladi. Atmosferaning nurlanishi bu — yorug‘likning atmosfera yuqori qatlamlaridagi kislorod, azot va boshqa molekulalar bilan kimyoviy ta’siri natijasi. Boshqa tomondan esa qutb yog‘dusi Quyosh energiyasining Yer magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi”, — deya aniqlik kiritadi NASA.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют