» » Chiroqchida Nexia va Howo yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 1 yoshli bola ham bor

Chiroqchida Nexia va Howo yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 1 yoshli bola ham bor


19-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida Nexia va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 4R-84 Yakkabog‘—Chiroqchi—Sho‘rbozor avtomobil yo‘lining 38-kilometrida haydovchi 1987-yilda tug‘ilgan B.E. Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotib, quvib o‘tish qoidalarini buzishi oqibatida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi 33 yoshli B.E. hamda undagi yo‘lovchilar — 67 yoshli B.X. va 1 yashar A.N. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Mashinaning yana bir yo‘lovchisi — 26 yoshli O.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryodagi YTHda 6 kishi halok bo‘lgani, qurbonlarning eng kichigi 2 oylik chaqaloqligi, shuningdek, Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют