» » Xitoyda golografik yordamchiga ega Bestune E01 elektrokrossoveri paydo bo‘ldi (foto)

Xitoyda golografik yordamchiga ega Bestune E01 elektrokrossoveri paydo bo‘ldi (foto)


Xitoy avtomobil sanoati koronavirus pandemiyasi sabab boshqa davlatlardagi kabi jiddiy jabr ko‘rdi, biroq bir-birining ortidan yangi modellarni taqdim etib, “oyoqqa turib olishga” urinmoqda. Bu safargi yangilik — Bestune E01 elektromobili, deb xabar beradi CARakoom.

Bestune bu — First Auto Works (FAW) kompaniyasining brendi bo‘lib, bunga qadar Besturn deb nomlangan. Tashqi ko‘rinishi bilan yangi E1 krossoveri uzun kapoti va ingichka faralari bilan ajralib turadi.

Bir qarashda kishining e’tiborini o‘ziga jalb etadigan jihatlaridan eshiklarda ajralib turuvchi burmalar, shuningdek, eshik tutqichlari va aerodinamik g‘ildirak diskalari o‘rin olgan. Mashina o‘lchami 4639x1880x1640 millimetrni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi — 2810 millimetr, og‘irligi 1810 kilogramm bo‘lib, besh kishilik o‘ringa ega.

Salon ichi ancha qiziqarli. Old panelning yuqori qismiga kristall shaklidagi noodatiy element o‘rnatilgan bo‘lib, unda mitti golografik yordamchi joylashgan. Mijozlarda turli golografik shakllarni tanlash imkoniyati ega.

Bundan tashqari, Bestune E01 katta markaziy multimedia tizimiga hamda to‘liq raqamli qurilmalar kombinatsiyasiga ega. Salonda uchinchi sensor ham bo‘lib, uning yordamida avtomobilning iqlim-nazorat kabi turli funksiyalarini boshqarish mumkin.

E01 190 ot kuchi va 320 Nm aylanuvchi momentga ega elektromotor yordamida harakatga keladi. Energiya unga 61,34 kVT/soatli akkumulyator batareyasidan keladi. Mashinaning maksimal tezligi 170 km/soat, bir marta quvvatlanish orqali esa 450 kilometr yo‘l bosishga qodir.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют