» » Belarus muxolifati Lukashenkoning takroriy prezident saylovlarida qatnashishiga xalal bermaslikka va'da berdi

Belarus muxolifati Lukashenkoning takroriy prezident saylovlarida qatnashishiga xalal bermaslikka va'da berdi


Belarus muxolifati 5-noyabr, Aleksandr Lukashenkoning beshinchi prezidentlik muddati tugaganidan song takroriy prezidentlik saylovlarini otkazishni talab qiladi. Bu haqda 20-avgust kuni Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi azosi Mariya Kolesnikova Interfaksga malum qilgan.

Uning takidlashicha, muxolifat Aleksandr Lukashenkoning takroriy saylovlarda ishtirok etishida hech qanday tosiq kormayapti. Biz uning qopol soxtalashtirish bilan bolsa-da, administrativ resurslarga ega bolib turib yutqazganini koryapmiz. Belarusning har bir fuqarosi saylovda ishtirok etish huquqiga egaligidan kelib chiqib bunda hech qanday tosiqlar bolmasligi kerak, degan Kolesnikova, lekin muxolifat Lukashenkoning bunga rozi bolishiga ishonmayotganini takidlagan.

Kolesnikovaning fikricha, saylovlar oldidan Markaziy saylov komissiyasining tarkibini toliq yangilash, shu jumladan, komissiya rahbarini ozgartirish, shuningdek, xalqaro kuzatuvchilarni saylovga jalb qilish kerak.

Eslatib otamiz, Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi Svetlana Tixanovskaya Aleksandr Lukashenkoning prezident saylovlaridagi raqibi taklifi bilan tuzilgan. U Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga kora, prezidentlik saylovlarida 10,09 foiz ovoz olgan. Saylovlardan keyin mamlakatda boshlangan norozilik namoyishlari ishtirokchilari Tixanovskaya saylovda galaba qozongan deb hisoblamoqda.

AvvalroqYevropa parlamenti Lukashenkoga persona non gratamaqomini bergani,Kanada va Irlandiya Belarusdagi prezidentlik saylovida Aleksandr Lukashenko galaba qozonganinitan olishdan bosh tortganixabar qilingandi.

KeyinchalikBelarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya Yevropa Kengashiga videomurojaat bilan chiqib, Yevropa yetakchilaridan Belarusdagi saylov natijalarinitan olmaslikni soragan, oz navbatida Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Belarusda bolib otgan prezidentlik saylovi natijalarinitan olmagan.

Mazvuga doir:Belarus MSK Lukashenkoning prezidentlik qasamyodi qachon bolib otishini malum qildi



Manba: Daryo.uz
: admin (20-08-2020, 17:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -