» » Muqimiy teatri xor dirijyori Xurshid Vohidov vafot etdi

Muqimiy teatri xor dirijyori Xurshid Vohidov vafot etdi


Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri xor dirijyori, Xurshid Vohidov 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

U K.Amirov asari, F.Jo‘rayev inssenirovkasi bilan “Uzilgan torlar”, S.Rahmonning “Hijron”, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi”, R.N.Guntekinning “Hiylayi sha’riy”, Z.Fatxullinning “Vatan ishqi”, M. Boboyevning “Qayerdasan, jon bolam” singari sahna asarlarining sahnalashtirilishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan edi.

“Arshin mol-olan”, “Antiqa sovchilar”, “Ayyorgina ayollar” singari spektakllarga jon bag‘ishlagan, butun boshli orkestrni boshqarib, go‘zal, jonli musiqiy bezak bergan, Muqimiy teatrining tom ma’nodagi zargari edi, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston madaniyat vazirligi marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют