» » Shavkat Mirziyoyev: “Ayni haftalar biz uchun sinovli davr bo‘ladi. Ko‘rilayotgan choralar qanchalik natija berishi keyingi haftada ayon bo‘ladi”

Shavkat Mirziyoyev: “Ayni haftalar biz uchun sinovli davr bo‘ladi. Ko‘rilayotgan choralar qanchalik natija berishi keyingi haftada ayon bo‘ladi”


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tmoqda. Tadbirni ochar ekan, davlat rahbari pandemiyani jilovlash doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib, Mustaqillik bayramini bunday sharoitda nishonlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda bugunga kelib mamlakatda jami koronavirus yuqtirganlar soni 37,5 mingdan oshgani, shundan 33 mingdan ziyodi yoki 88 foizi sog‘aygani qayd etildi. 4 ming bemorni davolash va oilasi bag‘riga qaytarish choralari ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bunday natijalar tibbiyot xodimlarining buyuk xizmati ekanini alohida aytib o‘tdi. Vaziyat, ayniqsa, Toshkent shahrida ijobiy tomonga o‘zgarayotgani, yaqinda Rossiya, Germaniya va Xitoydan taklif etilgan shifokorlar hududlar o‘rtasida taqsimlangani, Germaniyadan yana mutaxassislar kelishi kutilayotgani qayd etildi. Xorijlik ekspertlar asosan og‘ir ahvoldagi kasallarni eng zamonaviy uslublar asosida, tizimli ravishda davolashga jalb etilmoqda.

“Ayni haftalar biz uchun sinovli davr bo‘ladi. Ko‘rilayotgan choralar qanchalik natija berishi keyingi haftada ayon bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Karantin yumshatilgani kasallik yo‘q bo‘ldi degani emas”

Lekin aholi tomonidan shifokorlar tavsiyalariga, ya’ni niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, oilaviy marosimlarni ixchamlash kabi qat’iy ehtiyot choralariga rioya qilinmas ekan, davlat karantin cheklovlarini qaytadan tatbiq qilishga majbur bo‘lishi qayd etildi.

Shu munosabat bilan, har kim pandemiya sharoitida yashash va ishlashga, epidemilogik talablarga so‘zsiz amal qilishga odatlanishi kerakligi yana bir bor tayinlandi.

Shu bois, hokimlar, sektor rahbarlari va vazirlarga doimiy ravishda vaziyatni tahlil qilib, COVID-19 tarqalishini qat’iy cheklash, bemorlarni samarali davolash va ehtiyojmandlarga yordam berish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rib borish topshirig‘i berildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev karantin yumshatilgani sababli COVID-19 tarqalishi xavfi sezilarli darajada oshishi mumkinligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют