» » “Sharq” poyezdi qatnovi 21-avgustdan, Surxondaryo va Navoiydagi shaharlararo poyezlar qatnovi esa 25-avgustdan qayta tiklanadi

“Sharq” poyezdi qatnovi 21-avgustdan, Surxondaryo va Navoiydagi shaharlararo poyezlar qatnovi esa 25-avgustdan qayta tiklanadi


Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishidagi 72/71-sonli yo‘lovchi poyezdi qatnovi 20-avgustdan qayta tiklandi. 21-avgustdan Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida 10/09-sonli “Sharq” yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 2020-yil 25-avgustdan Termiz—Sariosiyo—Termiz hamda Navoiy—Yangi Zarafshon—Navoiy, 28-avgustdan esa Navoiy—Buzaubay—Navoiy yo‘nalishlarda shaharlararo poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-avgustdan boshlab mamlakat hududlari o‘rtasidagi temiryo‘l qatnoviga ruxsat berildi.

Avvalroq “Afrosiyob” poyezdlari Toshkent—Samarqand—Buxoro—Toshkent, Toshkent—Samarqand—Qarshi—Toshkent yo‘nalishida qatnay boshlashi hamda Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, 20-avgustdan boshlab mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi bir qator yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklanishi, 22-avgustdan boshlab shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют