» » Trampning shaxsiy dushmani: Kamala Xarris kim va nima uchun hamma u haqda gapirmoqda?

Trampning shaxsiy dushmani: Kamala Xarris kim va nima uchun hamma u haqda gapirmoqda?


2020-yil AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden, Trampning asosiy raqibi hisoblanadi. 2009-2017-yillarda vitse prezident lavozimida ishlagan Bayden, prezident bo‘lsa, vitse-prezident kursisida 55 yashar Kamala Xarrisni ko‘rishni istaydi. So‘nggi vaqtda OAV va so‘nggi yangiliklardan ismi tushmayotgan bu ayol kim? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Oila va ta’lim

Senator Kamalaning onasi AQShga ko‘chib kelgan hind immigrantlaridan bo‘lgan. U universitetda ta’lim olayotgan yillari yamaykalik Donal Xarris bilan tanishgan va unga turmushga chiqqan. Ularning turmushi uzoqqa bormagan va Kamala kichikligidayoq ajrashib ketgan. Onasi fan, saraton tadqiqotchisi, o‘qituvchi va faol sifatida qiziga o‘rnak bo‘lgan. Maktabni bitirganidan keyin Vashingtonda joylashgan Xovard universitetiga qabul qilinadi va u yerda iqtisodiyot va politologiyani o‘rganadi. Keyinroq Kaliforniyaga qaytadi, o‘qishini yurisprudensiya yo‘nalishida davom ettiradi va huquq bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Talabalik yillaridayoq senat ofisida sekretar bo‘lib ishlagan, keyin bo‘lsa Kaliforniyaning Oklend shahrida joylashgan prokuratura okrugida faoliyatini davom ettirgan va 2003-yilda San-Fransisko yaqinidagi okrugning prokurori bo‘lgan. 2010-yilda bo‘lsa, Kaliforniya shtatining bosh prokurori, lavozimini egallab, 2016-yilda mazkur shtat senatori bo‘lishga muvaffaq bo‘ladi.

Mavzuga doir: Jo Bayden AQSh vitse-prezidentligiga nomzod sifatida senator Kamola Harrisni tanladi

Uning singlisi Mayya ham huquq bo‘yicha ta’lim olgan va yurist bo‘lgan. U Xillari Klinton prezidentlikka nomzodini qo‘ygan vaqtlarda uning jamoasida bo‘lgan va saylov kompaniyasida ishtirok etgan.

Siyosiy qarashlari

Kamala, Barak Obama va uning siyosiy qarashlarini qo‘llab-quvvatlagan va aynan u tufayli siyosiy karyera qilishga qaror qilgan. Trampga esa senatorning soliqlarni oshirish, armiya va politsiyani moliyalashtirishga ajratiladigan mablag‘ni kamaytirish, tibbiyotni qulay qilish borasida Oq uyda tashkil etilgan brifingda aytgan fikrlari yoqmagan. “Kamala Xarris nihoyatda yaramas odam. U AQShdagi eng qo‘pol, hurmat nimaligini bilmaydigan va eng liberal senator”, — degan Tramp. Shuningdek, Amerikaning amaldagi prezidentini Kamalaning omma e’tiborini jalb qilish va saylovchilarni, demokratchilar opponentiga ovoz berishga qodir bosimi ochiqchasiga cho‘chitadi va uni o‘zining shaxsiy dushmani deb hisoblaydi. Demokratchi Bayden esa Twitter sahifasida Trampdan farqli o‘laroq, Kamalani, fuqarolik huquqi uchun kurashadigan eng yaxshi davlat xizmatchilardan biri deb atagan.

Jamiyatning turli qatlam vakillari uchun ta’lim va tibbiyotni birdek bo‘lishidan tashqari senator, immigratsion qonunchilikni reformatsiya qilish hamda jamiyatda hali-hamon hukm surayotgan segregatsiyani (irqiy kamsitish) bartaraf qilishni istaydi. Demokratlar esa uni radikal bo‘lmagan, markazlashtiruvchi deb hisoblaydi.

Shaxsiy hayoti

Xarris 2014-yil 22-avgustda advokat Duglas Emxoffga turmushga chiqqan. Duglas Bruklinda dunyoga kelgan va yoshligida oilasi bilan Kaliforniyaga ko‘chib kelgan. Juftlik Santa-Barbarada turmush qurgan. Kamala bilan oila qurishiga qadar Emxoff birinchi rafiqasi bilan 25 yil yashagan va turmushidan ikki farzandi bo‘lgan.

Jo Bayden bilan munosabatlari

Hozirda Baydenni qo‘llab-quvvatlaydigan Xarrisning unga bo‘lgan munosabatlari avvallari boshqacha bo‘lgan. 2019-yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yishni e’lon qilgan Kamalaning birinchi debati, imtiyozli maktablarga oq tanli bolalardan tashqari, nochor tumanlarda yashovchi muhojirlarning farzandlari ham qabul qilinayotgani yoqmagan Baydenni tanqid qilish maydoniga aylangan. Bu debatlar Jo Baydenni siyosiy qarashlarini o‘zgartirishga majbur qilgan. Alal-oqibat Kamala, prezidentlikka nomzodini qo‘yish fikridan qaytib, Baydenni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan. Ularning har ikkisini ichki siyosat bo‘yicha qarashlari ko‘p borada kesishadi, tashqi siyosat bo‘yicha esa ular deyarli bir xil fikrlaydi. Ushbu siyosiy duet Amerika saylovchilari uchun ishonarli bo‘ladimi, yoki yo‘q buni vaqt ko‘rsatadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют