» » O‘zbekistonda ishsiz yoshlar “yoshlar daftari”ga, ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar “ayollar daftari”ga kiritiladi

O‘zbekistonda ishsiz yoshlar “yoshlar daftari”ga, ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar “ayollar daftari”ga kiritiladi


O‘zbekistonda ishsiz yoshlar hamda ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlarning alohida ro‘yxatlari shakllantiriladi. Bu haqda Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-avgust, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Bosh vazir o‘rinbosariga ularni talab yuqori bo‘lgan kasblar va tadbirkorlikka o‘qitish, shu asosda biznesini yo‘lga qo‘yishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibini joriy etish vazifasi yuklatildi.

Bu ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida mamlakada joriy etilgan “temir daftar”lar singari ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida “yoshlar daftari”, ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida “ayollar daftari” asosida ro‘yxatlar shakllantirilib, har biri bilan yangi tizim, yangicha tartibda manzilli ishlash muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududlarida kambag‘allikni qisqartirish maqsadida ehtiyojmand oilalar “temir daftar”larga kiritilgan. Bu haqda birinchi marta Shavkat Mirziyoyev 3-iyun kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida gapirgandi.

Mavzuga doir: “Temir daftar” o‘zi nima? Unga kiritilgan oilalar ro‘yxatdan qanday chiqariladi? Vazirlik vakili izohi

Avvalroq O‘zbekistonda xorijdagi salohiyatli vatandoshlarning ro‘yxati jamlangan “oltin daftar” joriy qilinishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kambag‘al va ishsiz aholini kasb-hunarga o‘rgatish tizimi joriy etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют