» » Oqqo‘rg‘onda talab yuqori bo‘lgan dori narxini sun’iy oshirib, 30 qutisini 8,1 mln so‘mga sotgan shaxslar qo‘lga olindi

Oqqo‘rg‘onda talab yuqori bo‘lgan dori narxini sun’iy oshirib, 30 qutisini 8,1 mln so‘mga sotgan shaxslar qo‘lga olindi


Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida “Geparin-belmed” 500 ml dori vositasini asossiz ravishda oshirilgan narxda sotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar X.S. va X.M. oldindan til biriktirib, pandemiya sharoitida noqonuniy daromad orttirish maqsadida aholining talabi yuqori bo‘lgan dorilarning narxlarini sun’iy ravishda oshirib sotish bilan shug‘ullangan.

Ular fuqaro M.ga 30 quti “Geparin-belmed” 500 ml dori vositasini har bir qutisini 270 ming so‘mdan hisoblab, jami 8,1 million so‘mga sotgan vaqtida Departamentning Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan X.S. va X.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda dorilar tanqisligi va narxi oshirilgani yuzasidan 3000 dan ortiq dorixonalarga ogohlantirish berilgani, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reydlarda hozirda talab keskin ortgan va dorixonalarda topish qiyin bo‘lgan “Ergoferon” va “Arbidol” dorilarining noqonuniy savdosi aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Mazvuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют