» » Rossiyalik muhandislar “Qorayaloq” nomli harbiy amfibiyani yaratdi

Rossiyalik muhandislar “Qorayaloq” nomli harbiy amfibiyani yaratdi


Boltiq mashinasozlik kompaniyasining rossiyalik muhandislari kuch tuzilmalari uchun to‘liq uzatmali amfibiyani yaratdi. “Qorayaloq” nomini olgan mashina suv va quruqlikda harakatlana oladi, deb xabar beradi Motor.

Amfibiya korpusi kompozit materiallardan ishlangan va minalardan himoyalangan. Muhandislar ugleplastikdan foydalanish evaziga mashina og‘irligini 2000 kilogrammga tushirishga erishgan. Shu bilan birga, “Qorayaloq”ning maksimal yuk ko‘tarish qobiliyati 1,5 tonnaga teng.

Universal modul platformasi evaziga Rossiyaning yangi amfibiyasi quruqlikda soatiga 100 kilometr, suvda esa 70 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Bundan tashqari, amfibiya 1,25 metrga yetadigan suv to‘lqinlarida ham suzishga qodir. Mashinaga o‘z funksiyasini o‘zgartirishi uchun 12 soniya yetadi. Bu vaqt ichida “Qorayaloq” qirg‘oqqa chiqib, g‘ildiraklari yordamida harakatlanishga kirishib keta oladi.

To‘liq uzatmali amfibiyaga 260 ot kuchiga ega dizel motor o‘rnatilgan bo‘lib, u uch pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Mashina 30 daraja burchak va balandligi 1,5 metrgacha bo‘lgan to‘siqlarni bosib o‘ta oladi. “Qorayaloq” to‘liq yoqilg‘i baki bilan quruqlikda 800 kilometr, suvda esa 300 kilometr yo‘l bosib o‘tishga qodir.

Amfibiya murakkab va og‘ir iqlim sharoitlarida harakatlanish uchun mo‘lallangan. Ayni vaqtda avtomobil sinovdan o‘tkazilmoqda.

Avvalroq rossiyalik blogerlar Lada XRay avtomobilini suvda suzishga moslashtirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Rossiyada sovet muhandislari tomonidan yig‘ilgan amfibiya “Zaporojets” sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют