» » Toshbaqa quruqlikda qolib, o‘layotgan baliqni qutqardi (video)

Toshbaqa quruqlikda qolib, o‘layotgan baliqni qutqardi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda quruqlikda o‘layotgan baliqni qutqargan toshbaqa videosi mashhurlikka erishdi. Bu haqda India Today ma’lum qiladi.

To‘qqiz soniyali video Nature is Lit Twitter akkauntida joylashtirilgan.

Videoda jonsiz baliqning tosh ustida qanday yotgani ko‘rinadi. Uning faqat boshi suvga botirilgan edi. Bir necha soniyadan so‘ng kichkina toshbaqa suzib kelib, uni suzgichi bilan suvga itarib yuboradi. Tabiiy muhitda baliq uyg‘onadi va suzib ketadi.

turtle saves his fish friend pic.twitter.com/M03KfXuGKP

— Nature is Lit???? (@NaturelsLit) August 17, 2020

“Toshbaqa o‘zining baliq do‘stini qutqaradi”, – deb yozilgan video sarlavhasida. Twitter foydalanuvchilari “Ninza toshbaqalari” multfilmini eslab, toshbaqani maqtadi.

Ba’zi obunachilar toshbaqani baliq bilan sayr qilmoqchi bo‘lgan, deb taxmin qildi. “Bu toshbaqa ovqatlanish uchun suzib kelgan”, – deb yozgan bir obunachi. “Menimcha, toshbaqa baliqni yeyishga urindi va uni adashib qutqardi”, – deya fikr bildirgan boshqa bir foydalanuvchi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют