» » Vadim Abramov: Hakamlik sotib olinmagandi deb umid qilamiz

Vadim Abramov: Hakamlik sotib olinmagandi deb umid qilamiz


Bunyodkor bosh murabbiyi Vadim Abramov Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida Sogdiyonaga qarshi kechgan bahsdan (3:3) song oz fikrlari bilan ortoqlashdi.

Menimcha oyin qiziqarli boldi, afsuski tomoshabinlar kiritilmadi. Balki TV orqali oyinni korishgandir, ularga yoqqadir, bilmayman. Qiyin oyin boldi, ayniqsa bosh murabbiylar uchun. Oltita gol urildi, qiziqarli oyin, ammo... Birinchi bolim u qadar yaxshi oynamadik, ikkinchisida esa ozimizga keldik, galaba qozona olmaganimizga ozimiz aybdormiz. Yosh yigitlar gol ura olmadi, tortinchi golni urib oyinni yakunlashimiz kerak edi. Buning orniga raqibga gol urish imkoniyati berildi.

Balki bu ruhiyat bilan bogliqdir. Shunchaki topni bir-biringizga oshiring degan korsatma bermaganman. Balki har uch kunda oyin otkazayotganimiz sababdir.

Ikromov maydonga tushib faol oynadi, nima uchun u ikkinchi bolimda tushdi? Uning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz, bu taktika edi. Birinchi bolimda raqib katta kuch bilan himoyada oynashini kutgandik, shu bois Farruhni ikkinchi bolimda tushirdik va tezkorligidan foydalandik.

Hakamlik haqida? Futbolchilar ham bazida yomon oynaydi-ku, bu oyinda hakamlarda shunday kun boldi deb oylayman. Bu sotib olingan hakamlik bolmagan deb umid qilamiz. Balki u (Sherzod Qosimov) Bunyodkordan xafadir, undan sorab korish kerak.

Vadim Abramov,Bunyodkor bosh murabbiyi

Bunyodkor 11-turdan song ochkolarini 21 taga yetkazib olgan holda 3-orinda bormoqda. Jamoa keyingi turda Qizilqum bilan oynaydi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (21-08-2020, 09:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -