» » O‘z o‘limini sahnalashtirganlikda gumon qilingan mashhurlar

O‘z o‘limini sahnalashtirganlikda gumon qilingan mashhurlar


Quyidagi mashhurlarning muxlislari hali-hamon ularning hayotdan ko‘z yumganiga ishonolmaydi.

Maykl Jekson

Pop qiroli Maykl Jekson 2009-yilda uyqu dori vositalarini miqdoridan ko‘p qabul qilgani sabab vafot etgan. Qo‘shiqchining to‘satdan vafot etishi muxlislar va shou-biznes uchun katta yo‘qotish bo‘lgan. Jekson 1993—2003-yillar orasida norasida bolalar bilan bog‘liq jinoyatda ayblangan, qarzga botgan, kredit to‘lay olmagan. Bu kabi voqealardan kelib chiqib, xonanda muxlislari uni so‘nggi vaqtdagi doimiy tahqirlashlar va tushkunlikdan charchagan hamda yangi hayot boshlashga qaror qilgan degan fikrda.

Elvis Presli

Elvis 1977-yilda medikamentlarni miqdoridan ortiq qabul qilgani sabab hayotdan ko‘z yumgan. Qo‘shiqchi muxlislarining ta’kidlashiga qaraganda Elvis, shou-biznesni butkul tark etishni istagani sabab o‘zini o‘lganga chiqargan. Elvisning o‘limi sababini aniqlash uchun tergovning maxfiy o‘tkazilgani va ijodkor tanasi surati yo‘q ekani kabi faktlar esa yuqoridagi fikrning rost deb o‘ylashga asos bo‘ladi. Qolaversa, yillar o‘tganidan keyin Amerikada Preslining sirli farzand va nabiralari paydo bo‘lishi va ularning xonanda o‘limi e’lon qilingandan keyin ham tirik bo‘lganini ma’lum qilgani esa yanada ajablanarli.

Malika Diana

Qalblar malikasi deb e’tirof etiladigan Diana, 1997-yilda avtohalokat oqibatida vafot etgan. Shundan keyin ayrim muxlislar malikaning o‘limida qirolicha Yelizavettaning qo‘li bor deb o‘ylasa, boshqalar Diana jiddiy jarohat olishiga qaramay tirik qolgan deb hisoblagan. Taxminlarga ko‘ra malika, oddiy ayol kabi hayot kechirish hamda sobiq turmush o‘rtog‘i hayotiga soya solmaslik uchun qirollik oilasi bilan kelishuvga asosan go‘yo o‘lgandek bo‘lgan. Ushbu qarashning to‘g‘ri ekanini, Diana yopiq tobutda dafn qilingani va o‘limidan keyingi suratlar yo‘q ekani bildiradi.

Merilin Monro

1962-yilda Gollivud yulduzi barbituratlarni ortiqcha miqdorda qabul qilgani oqibatida vafot etgan. Tergov natijasiga ko‘ra, esa uning o‘limini baxtsiz hodisa emas, o‘z joniga qasd qilish deb topilgan. O‘limidan avval aktrisa, psixologik tushkunlikdan aziyat chekkan va doimiy ravishda dori qabul qilgan. Ammo muxlislar bunga ishonmagan va uning o‘limi bilan bog‘liq ikki xil qarash vujudga kelgan. Birinchisi — u munosabatda bo‘lgan prezident Kennedi haqida ko‘p narsa bilgan va shu sabab mafiya tomonidan o‘g‘rilab ketilgan, ikkinchisi — Merilin o‘limi prezidentning o‘zi tomonidan sahnalashtirilgan, aktrisa bo‘lsa, Shveysariyadagi nervo-psixologik klinikaga joylashtirilgan.

Tupak Shakur

Rep ijrochisi 1996-yilda reanimatsiyada ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan. Tupakning, tez yordam mashinasi hamda shifoxonada olingan suratlari borligiga qaramay, muxlislari uning tirik va sog‘lom ekaniga ishonadi. Shakurning sobiq soqchisi ham ushbu versiyani tasdiqlagan va reperni Kubada yashayotganini bildirgan. Bundan tashqari, qamoqqa olinish arafasida bo‘lgan qo‘shiqchining yo‘q bo‘lib qolishi unga qo‘l kelgan bo‘lishi mumkin degan qarashlar ham yo‘q emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют