» » Shamolga sovurilgan pul: Hech qanday foyda keltirmaydigan 6 xarid

Shamolga sovurilgan pul: Hech qanday foyda keltirmaydigan 6 xarid


Sog‘lik uchun g‘amxo‘rlik qilish – bu juda muhim. Shuningdek, hech qanday foyda keltirmaydigan va hatto zararli bo‘lgan mahsulotlarni sotib olmaslikni o‘rganish ham foydadan holi emas. Quyida sog‘lik uchun zararli va aslida hech qanday foyda keltirmaydigan mahsulotlar ro‘yxati bilan tanishtiramiz.

Og‘iz chayqash vositasi

Agar kuniga tishlaringizni ikki mahal yuvsangiz, yiliga ikki marta stomatologga borishni unutmasangiz, sizga og‘iz chayqash vositasi kerak emas. Ularning aksariyati tish va milkning yuza qatlamidagi qoldiqlarni olib tashlashda samara beradi xolos. Bu borada tish cho‘tkasi juda yaxshi ta’sir qiladi.

Bundan tashqari, ko‘plab og‘iz chayqash vositalarida spirt bo‘ladi, ular og‘iz bo‘shlig‘ini quritadi va yetarli miqdorda so‘lak hosil bo‘lishiga imkon bermaydi.

C vitamini

Shamollash va gripp mavsumi yaqinlashganda, C vitamini tabletkalari, shimadigan konfetlari va kukunlarini sotish ko‘payadi. Shuningdek, AQSh diabet, ovqat hazm qilish va buyrak kasalliklari milliy instituti tadqiqotchilari so‘zlariga ko‘ra, sintezlangan C vitamini kasalliklarning oldini olish uchun deyarli foydasizdir. Sog‘lik uchun eng yaxshisi, C vitaminini o‘z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilishdir. Masalan, limon va apelsinlar.

Quyoshdan himoyalovchi krem

Melanoma – har yili tobora ko‘proq odamlar chalinayotgan juda xavfli kasallikdir. Uning rivojlanishining asosiy sabablaridan biri, teri va ko‘zlarning ultrabinafsha nurlariga uzoq vaqt ta’sir qilishdir. Shuning uchun bahor va yozda teriga quyoshdan himoyalovchi kremni surish juda muhim. Ammo eng qimmat dori ham samarali ta’sir ko‘rsatadimi? Albatta, yo‘q.

2013-yil Consumer Reports tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi mahsulotlar narxi ularning samaradorligiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Aslida eng muhim narsa: kremni teriga to‘g‘ri qo‘llash va yuvinishdan so‘ng uni yangilashni unutmaslik.

Quloqni tozalash uchun paxta tayoqchalar

Bu mayda paxta tayoqchalar uy sharoitida juda foydali bo‘lishi mumkin, ammo ular quloqlar sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazadi. Birinchidan, quloq kiri – bu quloq yo‘lini bakteriyalardan himoyalaydigan tabiiy to‘siqdir. Ikkinchidan, tozalash paytida quloqni va eshitishni zararlash juda oson. Shuningdek, kirlarni olib tashlashga harakat qilganda, ularni quloq yo‘liga chuqurroq surib yuborish ham mumkin.

Ko‘zlar qizarishiga qarshi tomchi

Shifokorlar ko‘z tomchilarini muntazam ravishda ishlatishni maslahat bermaydi. Ko‘zlarning qizarishiga boshqa sabablar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, uyqu yetishmasligi, allergiya, doimiy kontakt linzalar yoki quruq ko‘z sindromi. Ushbu sabablarning aksariyati niqoblashni emas, balki davolanishni talab etadi.

Yuz uchun tonik

Dastlab, yuz terisidagi zarralarni yo‘qotish uchun yuvish vositasi tonikdan foydalanish tavsiya qilindi. Zamonaviy tozalagichlar terida iz qoldirmasligi mumkin, ammo boshqa tomondan, ular terini keraksiz ravishda quritishi va namlik muvozanatini buzishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют