UEFA klublarlarning yangilangan reytingini e’lon qildi. “Real” peshqadamlikni boy berdi
“Bavariya” jamoasi UEFA klublar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Myunxenliklar klubi Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalida “Lion”ni mag‘lub etgach (3:0), reytingda “Real”ni ortda qoldirdi.
“Bavariya” va “Real”da ochkolar soni bir xil (134), biroq myunxenliklar joriy mavsumda Madrid klubidan ko‘proq ochko yiqqan — 34:17.
Uchinchi o‘rinda “Barselona” jamoasi qayd etilgan bo‘lsa, yana bir ispan klubi “Atletiko” to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan. Kuchli beshlikni “Yuventus” yakunlab bergan. Chempionlar Ligasining yana bir finalchisi PSJ reytingning 7-pog‘onasidan o‘rin olgan.
UEFA reytingni hisoblashda so‘nggi besh mavsum ichida Yevrokuboklarda qayd etilgan natijalarni hisobga oladi.
UEFAklublar reytingi bilan tanishing:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
