» » Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirishga 200 mln dollar kredit ajratishi mumkin

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirishga 200 mln dollar kredit ajratishi mumkin


Energetika vazirligi “Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankining 200 million AQSh dollari miqdoridagi kreditini jalb qilish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Loyihaga ko‘ra, 2020-yil 14-avgustda O‘zbekiston va OTB o‘rtasida kredit shartnomasi muzokaralari o‘tkazilganligi, shuningdek, 2020-yil 28-sentabrda OTB direktorlar kengashi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 3 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 15 yil muddatda qaytarish sharti bilan 200 million AQSh dollari miqdorida kredit (Policy Based Loan) ajratilishini ko‘rib chiqadi.

Belgilab qo‘yilishicha:

Moliya vazirligi elektr energetikasi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda budjetni qo‘llab-quvvatlash (Polcy Based Loan) uchun OTB tomonidan ajratilgan kredit hisobidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga loyihani moliyalashtirishga 82 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni, o‘n besh yil muddatga uch yillik imtiyozli davri bilan olti oylik LIBOR+1,25 foiz (bunda 0,75 foiz Moliya vazirligi ustamasi) to‘lash sharti bilan kredit ajratadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul organ etib belgilanadi.

O‘zbekiston moliya vaziriga elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun OTBning 200 million AQSh dollari miqdoridagi (Policy Based Loan) kreditini jalb etish uchun O‘zbekiston va OTB o‘rtasida qarz bitimini O‘zbekiston nomidan imzolash vakolati beriladi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oxirida OTB O‘zbekistonga COVID-19 pandemiyasi davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million dollar miqdorida kredit berishni ma’qullagandi. Kredit kelishuvi ham imzolangan. Shuningdek, 13-iyulda O‘zbekiston hukumati va Jahon banki mamlakat qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 500 million dollarlik qarz bitimini imzolagan.

Mavzuga doir: Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют