» » “Bavariya” Chempionlar Ligasidagi daromad bo‘yicha “Barselona”ning rekordini yangiladi

“Bavariya” Chempionlar Ligasidagi daromad bo‘yicha “Barselona”ning rekordini yangiladi


“Bavariya” Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumida 120 million yevrodan oshiq daromad qilishni o‘zi uchun kafolatladi.

Bu musobaqa tarixidagi rekord miqdor hisoblanadi. Avvalgi rekord 2019-yilda 117,73 million yevro ishlab topgan “Barselona”ga tegishli edi.

2019/20-yilgi mavsumi to‘lovlar tizimi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Shuningdek, Chempionlar Ligasidagi g‘alaba uchun 4 million yevro va UEFA Superkubogi yo‘llanmasi uchun qo‘shimcha 3,5 million yevro.

Shu bilan birga “Bavariya” Chempionlar Ligasining so‘nggi o‘n yillikdagi reytingida top-3 ga kirgani bois qo‘shimcha 33,24 million yevro bonusga ega bo‘ladi. Shuningdek, myunxenliklar telehuquqlardan 11,5 million yevro daromad qilgan.

Natijada klub 123 million yevro daromadni o‘zi uchun naqd qildi. Chempionlar Ligasidagi g‘oliblik sabab bu miqdor 130 milliongacha ko‘tarilishi mumkin.

“Bavariya” finalda 23 avgust kuni PSJga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют