» » O‘zbekistonda o‘tgan yetti oy ichida chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda o‘tgan yetti oy ichida chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trln so‘mni tashkil etdi


Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yil yanvar—iyul oylari uchun O‘zbekistonning chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha yanvar—iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trillion so‘mni tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 2,9 foizga kamaygan.

Yirik korxonalarning tovar aylanmasi 18,8 trillion so‘mni (o‘sish sur’ati 23,6 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 84,6 trillion so‘mni (7,3 foizga kamaydi), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 6 trillion so‘mni (37,1 foizga kamaydi) tashkil etgan.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘sish sur’atlari kuzatilgan. Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida 81,8 foiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga va 18,2 foiz yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2019-yilning yanvar—iyul oylariga nisbatan respublikaning Farg‘ona (94,5 foiz), Namangan (93,8 foiz), Sirdaryo (93,6 foiz), Xorazm (89,4 foiz) va Surxondaryo (88,5 foiz) viloyatlarida chakana savdo tovar aylanmasining kamayish sur’atlari kuzatilib, nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent viloyati (100,7 foiz) va Toshkent shahrida (103,3 foiz) qayd etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiyaga qaramay Rossiya bilan tovar aylanmasini 18 foizga oshirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют