» » “Yuventus”ning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

“Yuventus”ning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi


“Roma” hujumchisi Edin Jeko faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka di Martsioning yozishicha, Turin klubi bosh murabbiyi Andrea Pirloning shaxsan o‘zi bosniyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgan.

Ta’kidlanishicha, Rim klubi Jeko jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lishiga qaramay, agar u klubini o‘zgartirishni istasa, takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Jeko 2015-yildan beri rimliklar sharafini himoya qilib keladi. U Italiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida 35 uchrashuv o‘tkazib, 16 ta gol urgan va 7 ta golga assistentlik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.

Mavzuga doir: Edin Jeko “Roma” tarixiga kirdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют