» » Afgonistonda Ozbekiston temir yollari tarkibiga kiruvchi Sogdiyona trans korxonasi vakillariga qurolli hujum uyushtirildi

Afgonistonda Ozbekiston temir yollari tarkibiga kiruvchi Sogdiyona trans korxonasi vakillariga qurolli hujum uyushtirildi


20-avgust kuni Ozbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Afgoniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan telefon orqali muloqoti bolib otdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chogida Afgoniston tashqi ishlar vazirining Ozbekistonga bolajak tashrifining kun tartibi va tashkiliy jihatlari korib chiqilgan. Shuningdek,energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida etibor qaratilgan.

Takidlanishicha, vazirlar Afgonistonning Balx viloyatida 20-avgust kuni sodir bolgan Sogdiyona trans shoba korxonasi vakillariga qurolli hujum hodisasini muhokama qilgan. Hanif Atmar mamlakatning vakolatli organlari tomonidan voqea tafsilotlari sinchkovlik bilan tekshirilayotganini va unga aloqador shaxslar javobgarlikka tortilishini takidlagan.

Ozbekiston tomoni Afgonistonda faoliyat yuritayotgan Ozbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini soragan.

Eslatib otamiz, 20-avgust kuni Afgonistonning Balx viloyatida Sogdiyona trans shoba korxonasi vakillariga qurolli hujum sodir etilgan. Korxona Ozbekiston temir yollari AJ tarkibiga kiradi. Hujum oqibatida korxona koordinatsiya bolimi boshligi orinbosari jarohat olgan, ikki nafar Afgoniston fuqarosi (Ichki ishlar vazirligining temiryolni qoriqlash batalyoni askari va bir nafar hujum qilgan nomalum shaxs) halok bolgan.

Jarohat olgan korxona koordinatsiya bolimi boshligi orinbosari korxonaga tegishli avtomashinada Termiz shahridagi kasalxonaga yetkazilgan. 21-avgust soat 7:00 dan Xayraton stansiyasi oz ishini davom ettirish uchun ochilgan. Mozori-Sharif va Naibobod stansiyalarida ochilishi boyicha ishlar olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-08-2020, 15:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 42) ( 0) ( 39) ( 3)
:
-
:
20 ... -