» » Superliga. “Paxtakor” turning markaziy o‘yinida “Nasaf”ni yirik hisobda yengdi, Cherandan het-trik

Superliga. “Paxtakor” turning markaziy o‘yinida “Nasaf”ni yirik hisobda yengdi, Cherandan het-trik


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 11-turining markaziy o‘yini “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Dragan Cheran penaltidan unumli foydalanib hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida serbiyalik hujumchi sobiq jamoasi darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qildi.

65-daqiqada “sherlar” yana penalti ishlab oldi, 11 metrlik jarima zarbasidan Igor Sergeyev unumli foydalandi. Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Cheran het-trikni nishonladi. Bunga qarshiliklar bir bor javob qaytara oldi: 68-daqiqada Sherzod A’zamov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Shu tariqa Shota Arveladze jamoasining ochkolari 28 taga yetdi va jamoa 1-o‘ringa qaytdi. “Nasaf” (19) esa 5-o‘ringa tushib ketdi.

Coca-Cola Superliga

11-tur bahsi

21-avgust, juma

Gollar: 1:0 – 32, penalti Cheran, 2:0 – 53 Cheran, 3:0 – 65, penalti Sergeyev, 4:0 – 67 Cheran, 4:1 68, avtogol A’zamov.

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov (Akrom Komilov 70), Jaloliddin Masharipov (Dostonbek Hamdamov 62), Dragan Cheran (Asadbek Sobirjonov 76), Igor Sergeyev (Eren Derdiyok 70), Yegor Krimets, Odiljon Hamrobekov, Abror Ismoilov (Sardor Sobirxo‘jayev 62), Sherzod A’zamov, Farruh Sayfiyev, Javohir Sidiqov.

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Rahmatullayev, Dilshod Saitov (Sharof Muhitdinov 46), Bobur Abduxoliqov (Husain Norchayev 46), Jo‘rabek Mannonov (Murod Xo‘jamberdiyev 80), Islom Kenjaboyev, Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov (Faysal Traore 65), Marko Stanoyevich (Akmal Mozgovoy 65)

Ogohlantirishlar: Ismoilov (39), Krimets (49).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют