» » Shavkat Mirziyoyev Ozbekistonda ishlab chiqariladigan Volkswagen, Skoda va Isuzu maxsus mashinalarini kozdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Ozbekistonda ishlab chiqariladigan Volkswagen, Skoda va Isuzu maxsus mashinalarini kozdan kechirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-avgust, juma kuni Bektemir tumaniga tashrifi davomida tuman faollari bilan uchrashuvdan song Ozbekistonda ishlab chiqarilishi loyihalashtirilgan maxsus avtomobillarni kozdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident matbuot xizmatining takidlashicha, Ozbekiston Prezidentining 2019-yil yanvarda Germaniyaga rasmiy tashrifi chogida Ozavtosanoat va Volkswagen konserni ortasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Unga muvofiq, Jizzax avtomobil zavodida 3 xil modifikatsiyadagi Volkswagen Caddy minivenini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yetti orinli bu avtomobil turli sohalarga ixtisoslashtirish uchun juda mos keladi. Shuningdek, Isuzu zavodida ham qulay platforma mavjud.

Qayd etilishicha, mamlakatda yengil avtomobillar, yuk mashinlari va maxsus texnikalar ishlab chiqarilib, aynan shu yonalishdagi segment bosh edi. Qoshni davlatlarda ham bunday avtomobillarga ehtiyoj bor.

Shu maqsadda tajriba tariqasida Volkswagen, Skoda va Isuzu yonalishida maxsus mashinalar namunalari tayyorlandi.

Shavkat Mirziyoyev bunday yangi yonalish import ornini toldirish va eksportni kengaytirishda muhim ekanini takidlab, kerakli korsatmalar berdi.

Malum qilinishicha, ushbu mashinalar 2020-yilning tortinchi choragida Jizzax avtomobil zavodida yigila boshlaydi. 2022-yildan ishlab chiqarishning toliq siklini ozlashtirish rejalashtirilgan.

Eslatib otamiz, Toshkentda 27-iyul kuni Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti bolib otdi. Avtomobil uch xil korinish va komplektatsiyada sotuvga chiqarildi. Shuningdek, Volkswagen Caddy negizida tez yordam mashinalari tayyorlanib, Ozbekiston shaharlariga yetkazib berildi.

Bundan tashqari, Ozbekistonda Isuzu D-Max pikaplari negizida ham tez yordam mashinalari ishlab chiqarilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari metall konstruksiyalarzavodiga, Binokor masuliyati cheklangan jamiyatningishlab chiqarish maydoniga, pishloq ishlab chiqaruvchiqoshma korxonaga, toqimachilik dastgohlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigankorxonaga, Ozavtosanoat tomonidan tashkil qilingan Cooperation LAB tarmoqlararokooperatsiya markazigatashrif buyurdi. Cooperation LAB markazida sanoat sohalarida mahalliylashtirishni kengaytirish masalasida yigilish otkazildi. Davlar rahbari tuman faollari bilan uchrashdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-08-2020, 22:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 15) ( 0) ( 13) ( 2)
:
-
:
20 ... -