» » “Sevilya” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Inter”ni taslim etib, Yevropa Ligasi chempioniga aylandi

“Sevilya” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Inter”ni taslim etib, Yevropa Ligasi chempioniga aylandi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi finalida “Sevilya” va “Inter” jamoalari 21-avgust, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuv debyutida milanliklar penalti ishlab oldi, 11 metrlik jarima zarbasini Romelu Lukaku golga aylantirdi. Oradan ko‘p o‘tmay ispanlar Lyuk de Yongning goli bilan javob qaytardi.

33-daqiqada niderlandiyalik futbolchi ikkinchi golini urgan holda endi “Sevilya”ni oldinga olib chiqdi. Biroq ikki daqiqa o‘tib Diyego Godin muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim ham teng kurashlar ostida o‘tdi, biroq imkoniyatlarni golga aylantirishda sevilyaliklar omadliroq harakat qildi. 74-daqiqada Diyego Karlosning chalqancha usulda bergan zarbasidan keyin to‘p Lukakuga tegib darvozadan o‘rin oldi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa “Sevilya” oltinchi marta Yevropa Ligasi bosh sovriniga ega chiqdi.

Yevropa Ligasi

Final bahsi

21-avgust, juma

Gollar: 0:1 – 5, penalti Lukaku, 1:1 – 12 de Yong, 2:1 – 33 de Yong, 2:2 – 35 Godin, 3:2 – 74 Diyego Karlos.

“Sevilya”: Bunu, Diyego Karlos (Gudel, 86), Kunde, Navas, Regilon, Fernando, Jordan, Okampos (Munir, 71), Banega, Suso (Vaskes, 78), de Yong (En-Nesiri, 85).

“Inter”: Handanovich, Yang, de Vrey, Bastoni, D`Ambrozio (Mozes, 78), Brozovich, Galyardini (Eriksen, 78), Barella, Godin (Kandreva, 90), Martines (Sanches, 78), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Diyego Karlos (4), Barella (41), Banega (45), Bastoni (55), Galyardini (73).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют