» » O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 4,6 milliard dollarga kamaydi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 4,6 milliard dollarga kamaydi


2020-yilning yanvar—iyul oylari yakuni bo‘yicha respublika tashqi savdo aylanmasi (TSA) 19,5 milliard AQSh dollarini tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 4,6 milliard AQSh dollariga yoki 19,3 foizga kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (396,6 million dollar), Qirg‘iziston (329,0 million dollar), Tojikiston (173,6 million dollar), BAA (7,9 million dollar) va Fransiya (3,2 million dollar) shular jumlasidandir. Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

Respublikada tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, 2020-yilning yanvar—iyul oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,6 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2018-yilga nisbatan ulushi 5,9 foizga kamaygan.

Avvalroq O‘zbekiston pandemiya sharoitiga qaramay Rossiya bilan tovar aylanmasini 18 foizga oshira olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,14 milliard dollarni tashkil qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют