» » IIV vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan Namangan hamda Farg‘onada lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

IIV vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan Namangan hamda Farg‘onada lavozim tayinlovlari amalga oshirildi


Ichki ishlar vazirligida shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq qabul qilindi va bir qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qilgan.

Podpolkovnik G‘aniyev G‘ayrat Ahmadjonovich Namangan viloyati Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. U tayinlovga qadar Uychi tuman IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Yana bir podpolkovnik Xo‘jaxonov Avazbek Ergashevich esa G‘.G‘aniyev o‘rniga Namangan viloyati Uychi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. A.Xo‘jaxonov avval Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Avval Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan podpolkovnik Najimitdinov Baxtiyor Rahimovich Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘i lavozimini egalladi.

Podpolkovnik Ashurov Alisher Anvarjonovich Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘iga aylandi. A.Ashurov Uchko‘prik tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelayotgandi.

Mavzuga doir: Bekobod tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari 5000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Avval 2020-yil 14-iyulda O‘zbekistonning to‘rt hududida yangi IIB boshliqlari ish boshlashi, xususan, Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga yangi boshliq tayinlangani haqida xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют